Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan belbog‘li kurash musobaqalarida Renessans ta’lim universiteti sportchilari yuksak natijalarga erishishdi. Universiada dasturidan o‘rin olgan bu musobaqada eng kuchli yosh kurashchilar g‘oliblik uchun bellashdi.
O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 100 ga yaqin sportchi 55 kg dan boshlab +90 kg gacha bo‘lgan vazn toifalarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ushbu respublika final bosqichida eng iqtidorli va mahoratli sportchilar saralandi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, Renessans ta’lim universitetining 4 nafar sportchisi faxrli 3-o‘rinni egalladi:
🏅 Asadbek Xaydarov (55 kg)
🏅 Akrom Alijonov (60 kg)
🏅 Diyorbek Shodmonov (90 kg)
🏅 Ilyos Obidjonov (+90 kg)
Musobaqa yakunida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Renessans ta’lim universiteti sportchilari yana bir bor o‘z mahoratini namoyish etib, universitet sha’nini munosib himoya qilishdi.
Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilaymiz!