Hurmatli bitiruvchilar va ularning aziz ota-onalari!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”.
Albatta, bugungi kun – sizlar uchun hayotingizdagi unutilmas sahifa. Joriy yil 450 ming nafardan ortiq o‘quvchi maktabni tamomlab, katta hayot sari ilk qadamni tashlamoqda. Bu – har bir bitiruvchi uchun, shuningdek, ularning ota-onalari uchun ham faxrli va mas’uliyatli daqiqadir.
Aziz yoshlar, maktab yillari davomida olgan bilimlaringiz, ustozlaringiz bergan saboqlar – endi sizni mustaqil hayotga tayyorlab, yangi bosqichga yetaklamoqda. Sizlarning oldingizda turgan eng muhim vazifa – o‘zingizga mos, sevimli va istiqbolli kasbni tanlash hamda sifatli ta’lim olishingiz mumkin bo‘lgan oliy o‘quv yurtini tanlashdir.
Shu o‘rinda, sizga respublikamizdagi yetakchi va zamonaviy ta’lim muassasalaridan biri – Renessans ta’lim universitetini tavsiya qilamiz.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingiz hayotidagi eng muhim qarorni qabul qilish arafasida turibdi. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishingiz ularning to‘g‘ri tanlov qilishida juda muhim. Biz farzandingizga nafaqat zamonaviy ta’lim, balki insoniylik, ijtimoiy mas’uliyat va kasbiy tayyorgarlik ruhini singdirishga intilamiz. Universitetimiz innovatsion yondashuvlarga asoslangan, sifatli ta’lim berishga yo‘naltirilgan va zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan.
Bugungi kunga kelib, universitetimizda ijtimoiy, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnik hamda xizmatlar sohasi asosida yo‘nalishlarimiz bo‘lib, ta’lim yo‘nalishlarimiz soni 41 tani tashkil etmoqda. Bundan tashqari, 3 ta fakultet 10 ta kafedra, 13 ta bo‘lim, axborot-resurs markazi, ustoz-shogird ilmiy maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 4 yil davomida talabalar matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogika va psixologiya, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank ishi, moliya, buxgalteriya, soliq, axborot tizimlari, IT, dizayn kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, universitetimizda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Universitetimizda talaba-yoshlarga respublikamizning eng nufuzli professor-o‘qituvchilari, xorijlik mutaxassislar saboq berishadi. Ilmiy salohiyat hozirda 60 foizni tashkil etmoqda, 2027-yilgacha bu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yangi innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida “Yosh olimlar” markazi, “Yosh akademiklar va zakovatchilar”, “Yosh matematiklar”, “San’at, drama va teatr”, “Dizayn”, “Chet tili”, “Sun’iy intellekt va kibersport”, “Sun’iy intellekt va dasturlash”, “Yosh diplomatlar”, “Podkast” klublari muntazam faoliyat olib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida kelajakda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga va mamlakat iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
Shuningdek, universitetimiz xalqaro hamkorlik bo‘yicha 15 dan ortiq, jumladan, Xitoy, Turkiya, Koreya, Malayziya, Germaniya, Rossiya, Belarussiya kabi mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan qo‘shma dasturlar, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy loyihalar va tajriba almashuvlar yo‘lga qo‘yilgan.
Hurmatli bitiruvchilar!
Kelajakdagi kasbingizni bugundan tanlang. Harakatlaringizni aniq maqsad sari yo‘naltiring. O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Yuksak orzularingizni katta g‘oyalarga aylantiring.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni katta hayot sari yetaklashda Renessans ta’lim universiteti siz uchun ishonchli hamkor bo‘la oladi. Biz ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro imkoniyatlar va insoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib boramiz, farzandingizni o‘z sohasi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lishiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Farzandlaringizga yuksak maqsadlar, yorqin kelajak tilaymiz. E’tiboringiz uchun tashakkur.
Hurmat bilan,
Nusratilla Barakayev,
Renessans ta’lim universiteti rektori,
texnika fanlari doktori, professor