Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mashhur hunarmand Madina Kasimbayevaning ustalar maktabi hamda “Suzani by Kasimbaeva” brendiga ijodiy sayohat tashkil etdi

Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mashhur hunarmand Madina Kasimbayevaning ustalar maktabi hamda “Suzani by Kasimbaeva” brendiga ijodiy sayohat tashkil etdi

“Shuhrat” medali sohibasi Madina Kasimbayeva 24 yildan beri kashtachilik san’atini rivojlantirib kelayotgan respublika miqyosida tan olingan ustoz hunarmandlardan biridir.
U “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, shuningdek, O‘zbekiston Rassomlar, san’atshunoslar va xalq hunarmandlari uyushmasining ham faol a’zosi sifatida an’anaviy kashtachilik maktabini targ‘ib etib keladi. Bugun esa u Toshkent kashtachilik an’analarini yangicha uslubda davom ettirayotgan ijodkor sifatida tanilgan.
 
Yillar davomida ustoz 500 dan ortiq shogird tayyorlagani, 40 dan ortiq xotin-qizni ish bilan ta’minlagani bilan ham alohida e’tirofga loyiq. Uning fidoyiligi, tashabbuskorligi va mehnatsevarligi hunarmandlar hamjamiyati va jamoatchilik orasida katta hurmat qozongan.
Uchrashuv chog‘ida Madina Kasimbayeva ustalar maktabi va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.