Unda universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlariga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishga universitet rektori Shohruh Nuraliyev raislik qilib, jamoaning fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyati tufayli erishilayotgan ijobiy natijalar alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgani munosabati bilan diplomlar topshirildi. Jumladan:
Artikov Zaylobiddin Sobirjonovich – dotsent ilmiy unvoniga,
Odilov Bahromjon Baxtiyorovich – professor ilmiy unvoniga,
Murodov Zufarjon Muzaffarjon o‘g‘li – dotsent ilmiy unvoniga,
Xolmurotova Diyora Ibragimovna esa iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Kengash kun tartibidagi asosiy masalalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
✔️Universitet Kengashi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
✔️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonining amaldagi holatini tahlil qilish va samaradorligini oshirish;
✔️2025/2026-o‘quv yilida talabalar uchun pedagogik va malakaviy amaliyotlarni tashkil etish;
✔️Shu yil oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorgarlik jarayonlarini muvofiqlashtirish.
Shuningdek, ilmiy unvon va lavozimlarga tavsiya etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Natijada, 8 nafar nomzod dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimiga, 1 nafar nomzod esa professor vazifasini bajaruvchi lavozimiga tavsiya etildi.
Yig‘ilish yakunida har
bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.