Joriy yilning 15-noyabr kuni Renessans ta’lim universiteti talaba-yoshlariga chinakam ilhom bag‘ishlovchi “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz” shiori ostida ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot universitet professori, pedagogika fanlari doktori M.Vaxobovning talabalarga samimiy murojaati bilan boshlandi.
Muloqotning asosiy maqsadi – talabalar bilan ochiq va erkin suhbat qurish ekanini ta’kidlab, ularni faol ishtirok etishga undadi.
Shundan so‘ng universitetimizda tashkil etilgan barcha to‘garak rahbarlari talaba-yoshlarga tanishtirildi.
Talabalar o‘zlarining kelajakdagi rejalari va istaklari haqida erkin fikr bildirishdi. Universitet rahbariyati esa, doimo yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga va ularga innovatsion ta’lim imkoniyatlarini yaratib berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
O‘ziga xos tarzda davom etgan ochiq muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar va ko‘plab manfaatli takliflar bildirildi.
Talabalar ishtirokida tayyorlangan kuy-qo‘shiq va musiqali chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Bu kabi uchrashuvlar doimiy tarzda tashkil etilishi alohida ta’kidlandi.
Mana shunday ochiq muloqotlar talabalarning ichki ishonchini uyg‘otib, ularga “Men kelajakni o‘zgartira olaman!”, degan kuchli motivatsiya bera oladi.