Iqtisodiy yoʻnalishlar bo’yicha ilk bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi

Iqtisodiy yoʻnalishlar bo’yicha ilk bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi

Renessans taʼlim universitetida 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat bosqichining iqtisodiy yoʻnalishlar bo’yicha ilk bitiruvchilari uchun Bitiruv malakaviy ishlari (BMI) himoyalari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Himoya jarayonlari Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi vakillari, soha ekspertlari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda ish beruvchilardan iborat komissiya ishtirokida ochiq va xolis tarzda o’tkazildi.
Bitiruv malakaviy ishlarida bugun va kelajak uchun muhim bo‘lgan quyidagi mavzular atroflicha yoritildi:
➖raqamli moliya tizimining rivojlanishi va fintech yechimlarining joriy etilishi;
➖bank xizmatlarini transformatsiya qilish va ularni mijozlar ehtiyojlariga moslashtirish;
➖buxgalteriya hisobi va auditda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;
➖iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘llari;
➖jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy aloqalardagi yangi tendensiyalarni tahlil qilish.
 
Komissiya a’zolari bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari zamonaviy ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga mos kelishini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
 
Bitiruv malakaviy ishini metodik jihatdan puxta tayyorlagan, iqtisodiy sohadagi dolzarb masalalar va ularga ilg’or yechimlar taklif etgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan maxsus sertifikat, tashakkurnoma va stajirovka takliflari berildi.