“INTELLEKT QUIZ”: Yoshlik zukkoligi va adabiyotga muhabbat

“INTELLEKT QUIZ”: Yoshlik zukkoligi va adabiyotga muhabbat

Buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan yoshlarni birlashtirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “INTELLEKT QUIZ” o‘yinlari tashkil etildi.
Mazkur o‘yinda turli universitetlarning bilimdon talabalari qatnashib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. E’tiborlisi, Renessans ta’lim universiteti jamoasi ham ushbu bahslarda faol ishtirok etib, universitetimiz sharafini munosib himoya qildi.
Bunday intellektual musobaqalar bilim almashish bilan bir qatorda yoshlar orasida tafakkurni oshirish, adabiy merosimizni chuqurroq anglash va jamoaviy fikrlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.