Bugun, 12-fevral kuni Renessans ta’lim universitetida “Ilmli ayol – kelajak poydevorining yaratuvchisi. Gender tenglikni qanday tushunish lozim?” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning ayol professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida gender tenglik tushunchasi va uning jamiyat rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Mehmon sifatida tashrif buyurgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori, Toshkent shahar “Olima ayollar” uyushmasi raisi E’tibor Sultanova mazkur mavzuda ma’ruza qildi. U gender tenglik nafaqat ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, balki ilm-fan, ta’lim va iqtisodiy taraqqiyot uchun ham muhim ekani haqida so‘z yuritdi.
Bunday uchrashuvlar jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish, ayollarning ilm-fan va ta’limdagi rolini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ishtirokchilar bu kabi uchrashuvlarning muntazam o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.