"Dolzarb 90 kun": Sport o‘yinlari yoshlarda jamoaviylik va raqobat tuyg‘usini shakllantirmoqda

"Dolzarb 90 kun": Sport o‘yinlari yoshlarda jamoaviylik va raqobat tuyg‘usini shakllantirmoqda

Taʼtil vaqtida yoshlarga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy hamda jismoniy faollikka yo‘naltirilgan tashabbuslar davom ettirilmoqda.
 
Shu munosabat bilan Renessans ta’lim universiteti Sport faoliyati kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Do‘stona ruhda kechgan uchrashuv sog‘lom raqobat muhiti va jamoaviylik asosida tashkil etildi.
Tadbir orqali talabalar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniga ega bo‘ldi.
Universitet jamoasi bu kabi tashabbuslar orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni ijtimoiy, intellektual va jismoniy faol hayotga jalb etish yo‘lida izchil ishlarni davom ettirmoqda.