“Dolzarb 90 kun”: Amaliyot va innovatsiya uyg‘unligi

“Dolzarb 90 kun”: Amaliyot va innovatsiya uyg‘unligi

Renessans ta’lim universiteti Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 302-maktabda “Ta’tildagi ta’lim” loyihasi doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘quvchilar bilan ijodiy darslar, treninglar, shaxmat va shashka musobaqalari orqali real pedagogik muhitda tajriba orttirildi.
 
Bu kabi tadbirlarning amaliy ahamiyati shundaki, talabalarning nazariy bilimlari amaliyotda mustahkamlanadi, o‘quvchilarga yangi yondashuvdagi darslar taqdim etiladi, maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi integratsiya kuchayadi, innovatsion pedagogik metodlar amaliyotga joriy etiladi.
Mazkur tashabbus yoshlar tarbiyasi, ta’lim-tarbiya sifati va oliy ta’lim hamda maktab hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.