Sizning mehribon qalbingiz, aql-zakovatingiz va fidokorona mehnatingiz bilan hayot yanada chiroyli, jamiyatimiz esa nurafshon bo‘lib boraveradi. Siz oilamizning tayanchi, millatimizning g‘ururisiz.
Renessans taʼlim universiteti jamoasi barcha ayollarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan sizni chin yurakdan muborakbod etadi. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodlik arimasin! Har bir kuningiz quvonchga, muhabbatga va ezgulikka to‘lsin.
Bahor nafasi bilan kelgan go‘zallik ayyomi muborak bo‘lsin!