Bo‘lim ish faoliyati va uning bevosita boshqaruvini tashkil etadi, bo‘lim faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtiradi va rejalashtiradi;
Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qiladi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
Ma’muriy-boshqaruv, muhandis-texnik, o‘quv-yordamchi kadrlar va xizmat ko‘rsatadigan xodimlarini tanlash va joy-joyiga quyish hamda bo‘lim vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi;
Rahbar xodimlar zahirasini shakllantiradi va tayyorlaydi;Ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga ko‘chirish masalalari bo‘yicha xodimlarni qabul qilish;Institut bo‘limlarida xodimlarning joylashishini va ulardan to‘g‘ri foydalanilayotganligini nazorat etish;
Tegishli bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda institut ihtiyoriga ajratilgan yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish va joylashtirishni ta’minlash;
Mehnat qonunchiligiga binoan xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga ko‘chirish va bo‘shatish hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, mehnat faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berish;
Mehnat daftarchasini to‘lg‘azish va saqlash;Ilmiy-pedagogik xodimlar, xizmatchilar va institutda o‘qiyotgan talabalar shaxsiy varaqalarini yuritishni nazorat etish;
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda xodimlarni rag‘batlantirish va taqdirlashga tavsiya etish uchun hujjatlarni tayyorlashni tashkil etish;
Xodimlar va ular oilalariga nafaqa tayinlash uchun kerakli hujjatlarni ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga tayyorlash;
Xodimlar masalalari bo‘yicha institut ilmiy kengash yig‘ilishiga zarur hujjatlarni tayyorlash;
Tanlovdan o‘tgan shaxslarga tanlov buyruqlarini rasmiylashtirish;Bo‘lim nazoratchilariga uslubiy rahbarlik ishlarini amalga oshirish;
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan barcha toifadagi xodimlarni ma’naviy-ma’rifiy ruxda tarbiyalashda ishtirok etish;
Mehnat va axloqiy intizomini ta’minlaydi, xodimlarning qo‘nimsizligini, intizomga rioya etmaslikning sabablarini, ishga sababsiz chiqmasligini, intizomga rioya etmaslikning boshqa sabablarini tahlil etish;
Ish o‘rni qisqartiriladigan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi, dekanat, kafedra va bo‘limlar tavsiyasi bilan ta’til jadvalini tuzish va uning ijrosini tekshirish;
Institut bo‘limlarida mehnat intizomiga, mehnat tartibi qoidalariga rioya etishni nazorat etish;
Mehnat intizomini yaxshilash, ish vaqti samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqish;
Barcha toifadagi xodimlar va talabalarning statistik hisobotini tuzishni ta’minlash, bo‘lim nazoratchilari ishiga rahbarlik qilish;
Akadem ma’lumot blankalarini, mehnat daftarchasi hisobini, saqlashni va foydalanishini nazorat etish va barcha xodimlarga guvohnomalar berishni tashkil etish.