leadership

Rajabov Rustambek Nusrat o'g'li

  • Role:
  • Work experience: 12 yil
  • Specialties:
  • Email:

  1. Talabalarning o‘zlashtirishlari, mashg‘ulotlarga qatnashish va o‘quv jarayonining borish haqida doimo axborot berish.
  2. Talabalar uchun barcha zaruriy hujjatlar (shaxsiy varaqa, o‘quv varaqasi, reyting daftarchasi, talabalik guvohnomasi va boshqalar)ni rasmiylashtirish.
  3. Ish rejasiga muvofiq o‘quv guruhlarini shakllantirish va guruhlarning mashg‘ulotlarga qatnashuvini hisobga olish jurnalini rasmiylashtirish. Uning saqlanishi va guruhlar sardorlari va o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilishini doimo nazorat qilib borish.
  4. Talabalarning mashg‘ulotlarga qatnashuvini muntazam nazorat qilish (haftada har bir o‘quv guruhi va potogi kamida 1-2 marta), dekan belgilagan muddatda davomat yakunini chiqarish.
  5. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash va akademik qarzlarni bartaraf etish jadvalini o‘z vaqtida tuzish, o‘quv jarayoni va o‘quv mashg‘ulotlari grafigi bajarilishini kuzatib borish.
  6. Muntazam ravishda murabbiylar va guruh faollari bilan birga talabalar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar o‘tkazish, zaruriy vaziyatlarda talabalarning ota-onalarini xabardor qilish yoki ularni dekanatga chaqirish.