Oliy ta’lim muassasasida axborot tizimi va resurslari shuningdek ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqadi;
Axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi;
Windows/Linux operasion tizimlarida ishlash, tarmoq texnologiyalarini bilish, murakab tarmoq texnologiyalarni joriy etish;
Windows/Linux operasion tizimlari ichki arxitekturasi bilan tanishligi. Axborot tizimlarini tarmoq tizimlari bilan bog‘lash qoidalariga amal qilish;
Ma’lumot bazalari bilan ishlash (MS SQL, MySQL, MariaDB)Lokal hamda korporativ tarmoqda axborot xavfsizligini baholay olishi hamda zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi;
Axborot tizimlarini zaifliklarni baholay olishi hamda bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi;
Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.