leadership

ORIPOV Davronbek

Тoshkent shahrida tug‘ilgan. 2012-yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti bakalavriatini, 2020-yili Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Oliy adabiyot kursi” magistraturasini, 2024-yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi tayanch doktoranturasini tamomlagan. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi.“Sahnamiz sor lochini”, “X va H harfli so‘zlarning imlo lug‘ati” (hammualliflikda), “O‘zbek raqsi terminlari izohli lug‘ati” (hammualliflikda)  kitoblari chop etilgan.Hozirda Renessans taʼlim universitetida mehnat hamda pedagoglik faoliyatini olib bormoqda. Rus, turk va ozarbayjon tillarida soʻzlasha oladi.