Zikriyayev Zokir Mamirovich o‘z sohasidagi amaliy rivojlanishlarga 30 dan oshiq maqolalar va falsafa doktori hamda doktorlik dissertatsiyalari orqali hissa qo‘shgan. Uning tadqiqotlari turli sohalarni qamrab olgan bo‘lib, ayniqsa, talabalar faoliyatini innovatsion boshqarish asosida iqtisodiyotni rivojlantirish texnologiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan.
Uning ommabob maqolalaridan biri “Otm talabalarini ish bilan bandlikka tayyorlash asosida mehnat bozorini samarali rivojlantirishning strategik konsepsiyasi” bo‘lib, ushbu maqolada OTM talabalarini ish bilan bandlikka tayyorlash asosida mehnat bozorining samarali rivojlanishni strategik konsepsiyasiga oid tahlillar keltirilgan. “Oliy ta’limda talabalar bandligini ta’minlashning samarali metod va vositalari” nomli ilmiy maqolada esa, talabalarning oliy ta’lim sohasida ishga joylashishini ta’minlashning samarali usullari va vositalari haqida g‘oyalar taqdim etilgan bo‘lib, ularni Yangi O‘zbekiston sharoitida qo‘llash va amaliyotda tadbiq etish, samarali mehnat bozorini yaratish, talaba va ish beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash, shuningdek, yoshlarning muvaffaqiyatli ishga joylashishini ta’minlashga yo‘naltirilgan muhim bosqichlar ishlab chiqish maqsad qilingan.
Olimning ilmiy faoliyati O‘zbekiston turizm sohasiga ham tegishli bo‘lib, hamkorlik loyihalari doirasida O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini turk mutaxassislariga tanitish va mahalliy turizmni rivojlantirishga jalb qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishga ham qaratilgan. Turkiyaning turizm sohasidagi tajribasi bilan bo‘lishish va uni O‘zbekistondagi turizm infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan safarlar tashkil etilgan.
100 ga yaqin professor-o‘qituvchilarining pedagogik malakasini oshirish va Turkiya madaniyati bilan tanishtirish maqsadida Turkiya davlatiga stajirovkaga yuborishda hamda Turkiyaning 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilarini O‘zbekistonga taklif qilib, ular tomonidan master-klasslar tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratib berishda shuningdek O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish maqsadida sayohatlar uyushtirishda o‘z xissasini Erasmus+ loyihasi orqali qo‘shgan. Bu loyiha, o‘z navbatida, ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va madaniy aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyatini kuchaytirish va xalqaro turizmdagi raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan muhim qadam bo‘ldi.