Renessans ta’lim universitetida “Zakovat klubi” iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini Universitet rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, har haftada mavsumiy tur o‘yinlari o‘tkaziladi jamolar saralanib oxirgi bosqichda final o‘yini tashkillashtiriladi hamda universitet zakovat chempion klubi kim ekanligiga oydinlik kiritaladi.
G‘olib jamoa 1 yil davomadi Zakovat o‘yinlarining ko‘chma kubiga egalik qiladi. G‘olib va sovrindorlar rahbariyat tomonidan diplom va tashakurnoma, qimmatbaxo sovg‘alar to‘plamiga egalik qiladi. Bundan tashqari universitetda Rektor kubogi, Dekan kubogi o‘yinlari ham tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda universitetda turli xil ta’lim yo‘nalishlardan iborot 25 ta jamoalar tuzilgan bo‘lib ular muntazam ravishda tur o‘yinlarida qatnashib o‘zlarining tajribalarini ortirib bormoqda.
Shuningdek universitet jamoasi har haftada Zakovat arena majmuasida o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassalari o‘rtasidagi mavsumiy o‘yinlarda va boshqa hamkor oliy ta’lim muassalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi.
Universitet zakovat ligasida doimiy ishtirok etuvchi jamolar nomi:
1. Feneiks
6.Gumanizm
11.Aligarxlar
2. Uddaburonlar
7. Economist
12.Bojalar
3. Tamerlan
8. Eversest
13. Schoolars
4. Serius
9. Glamour
14. Wisdom
5. Pedagoglar
10. Lingvistik
15. Deverigent
Siz ham universitetimizning zakovat ligasi o‘yinlarida o‘z jamoangiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.Zakovat o‘yinlari uchun maxsus telegram kanalida o‘yinlar haqida e’lonlar, zakovat haqida ma’lumotlar hamda natijalar e’lon qilib boriladi.
https://
t.me/Zakovat_RTU
Universitet yoshlar ittifoqi telegram kanalida esa #kun_savoli loyihasi asosida muntazam ravishda zakovat savollar berib boriladi.
https://t.me/rtu_yoshlar_ittifoqi