"Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari" mavzusida insholar tanlovi boʼlib oʼtadi!

"Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari" mavzusida insholar tanlovi boʼlib oʼtadi!

Renessans ta’lim universiteti atoqli adib, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligiga bag‘ishlab talabalar o‘rtasida insholar tanlovini eʼlon qiladi. 
 
🗓 Tanlov sanasi: 2025-yil fevral, uchinchi o‘n kunlik. 
📥 Arizalar qabul qilish muddati: 2025-yil 20-fevral. 
 
Shuningdek
 
🔹 Yuqori o‘rinni egallagan talabalar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alarga ega boʼladilar. 
🔹 Faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. 
🔹 G‘oliblarga mukofotlar Navro‘z bayrami tadbirlarida tantanali topshiriladi. 
 
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalaringizni kafedra mudirlariga belgilangan muddatdan kechikmay topshiring va ijodiy iste’dodingizni namoyish eting!
 
📚 Mahmudxoʼja Behbudiy saboqlari sizning qalamingiz orqali kelajak avlodlarga yetib borsin!
 
Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
 
✍️ Ijodiy qalam – milliy yuksalishga xizmat qiladi!