Unda universitetning 51-23 KI guruhi talabalari ishtirok etdi. Darsning maqsadi talabalarga ona tilining millat uchun naqadar muhim va ajralmas qadriyat ekanligini tushuntirish. Ona tilimizning milliy o‘zligimiz, madaniyatimiz va tariximizdagi o‘rni haqida tushuncha berish. Talabalarda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatni oshirish, uning go‘zalligini va boy lug‘at tarkibini anglashga yo‘naltirish. Shu bilan birga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish.
Dars mazmuni dars davomida ona tilining inson hayotidagi o‘rni, uning millat uchun muhimligi va uning rivojlanish tarixi haqida so‘z yuritildi. O‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi, uning rivojlanish bosqichlari va mashhur adiblar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi haqida ma’lumot berildi.
Ona tilining milliy ruhdagi o‘rni va o‘ziga xos jihatlari, darsning birinchi qismida ona tilining millat ruhi va ma’naviyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Har bir millatning o‘z ona tili bo‘lishi uning mustaqilligi va mustahkamligini belgilovchi omillardan biri ekanligi ta’kidlandi. O‘zbek tilining qadimiy tarixi va uning zamonaviy rivojlanishi haqida talabalar bilan bahs olib borildi.
Dars davomida talabalar o‘z fikrlarini ochiq ifoda etib, tilimizning rivoji haqida qiziqarli bahs-munozaralar olib bordilar. Shuningdek, o‘zbek tili bo‘yicha turli tarixiy manbalar o‘rganilib, talabalarning bilim doirasi kengaytirildi.