Renessans taʻlim universiteti Talabalar turar joyida “Talabalik-oltin davrim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Renessans taʻlim universiteti Talabalar turar joyida “Talabalik-oltin davrim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 
 
17-fevral kuni Renessans ta’lim universitetining Talabalar turar joyida samimiy va mazmunli davra suhbati tashkil etildi. “Talabalik – oltin davrim” mavzusidagi uchrashuvni Matematika va Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi D. Xolmurotova ochib berdi.
 
Tadbir davomida talabalar yaxshi o‘qish, turli tadbirlarda faol ishtirok etish va davlat grantlarida qatnashishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, suhbat jonli muhitda o‘tishi uchun qiziqarli metodikalar va shaxmat o‘yinlari ham qo‘llanildi.
 
Bundan tashqari, “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida ham muhim suhbat olib borildi. Unda giyohvandlik nafaqat inson salomatligiga, balki uning ruhiy va ijtimoiy hayotiga ham jiddiy zarar yetkazishi ta’kidlandi. Talabalar ushbu yovuz illatdan ogoh bo‘lishi va unga qarshi kurashda faollik ko‘rsatishi zarurligi qayd etildi.