Matematika va iqtisod fakultetida Navoiy va Bobur xotirasiga bag‘ishlangan dars o‘tkazildi

Matematika va iqtisod fakultetida Navoiy va Bobur xotirasiga bag‘ishlangan dars o‘tkazildi

Matematika va iqtisod fakulteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalari ishtirokida buyuk adiblar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlarini nishonlash maqsadida axborot-murabbiylik soati bo‘lib o‘tdi.
 
Darsning birinchi qismida Alisher Navoiy haqida so‘z bordi. U faqat o‘zbek adabiyotining emas, balki butun jahon madaniyatining ulug‘ namoyandalaridan biridir. Uning eng mashhur asari – “Xamsa” o‘zining betakror badiiy uslubi va mazmuni bilan Sharq adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Navoiy shoir sifatida obro‘ qozongan bo‘lsa-da, davlat arbobi sifatida ham xalqiga katta xizmat qilgan.
 
Darsning ikkinchi qismida esa Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so‘z yuritildi. U nafaqat buyuk sarkarda, balki tarix va adabiyotga ulkan hissa qo‘shgan shoir va yozuvchi hamdir. Uning “Boburnoma” asari esa nafaqat o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy manzarasini yoritib beruvchi bebaho manba, balki yuksak adabiy merosdir. Talabalar Boburning hayoti, ijodi va tarixiy rolini chuqur o‘rganib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
 
Bunday tadbirlar yosh avlodga milliy merosimizni chuqur anglash va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini beradi.