Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”ga sayohat

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”ga sayohat

9-fevral kuni buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Matematika va iqtisod fakulteti talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohatda “Kompyuter ilmlari dasturlar texnologiyalari” yo‘nalishining talabalari ishtirok etdi.
 
Talabalar, avvalo, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, ulug‘ shoir xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. So‘ng Adiblar xiyobonida joylashgan boshqa buyuk siymolar haqida ham qiziqarli ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida mazmunli suhbat ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
 
Mazkur tashrif talabalar milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirdi.