Kafedra: Pedagogik ta’lim va psixologiya
Ilmiy maktab rahbarining tajribasi, yutuqlari
“Maktab ta’limining statistik tadqiqoti matematika o‘qitishning didaktik modellari asosi sifatida” mavzusida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirgan.
“Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida Fundamental loyihaga ilmiy rahbarlik qilgan.
“Milliy innovatsion faoliyat: maqsad va vazifalar”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limini rivojlantirish dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari faoliyati rejasi”, “Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturini yaratish tartibi”, “Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning dasturi” ni ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.
M.Tajiev tomonidan 135 ta ilmiy ish e’lon qilgan, shulardan 8 ta monografiya, 5 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 11 ta o‘quv va ilmiy-uslubiy qo‘llanma, 4 ta metodik qo‘llanma, 2 ta tavsiyanoma, 1 ta Kompyuter dasturiy mahsuloti va 104 ta ilmiy maqola, shundan 2 ta ilmiy maqola uzoq Yevropa mamlakatlari 9 ta MDH da nashr etilgan. Shuningdek, 66 ta tezis va ilmiy maqolalar respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamida chop etilgan.
Aholi bandligi, inson kapitali va kasbga tayyorlash va mehnatni muhofaza qilish sohalarida jahondagi zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Ilmiy maktabning tadqiqot mavzusi, Ilmiy xodimlari, hamkorlik aloqalari
Ilmiy maktabni nomi: Pedagogik texnologiyalar va loyihalashtirish.
Ilmiy maktabga “Pedagogik ta’lim va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Xususan:
1. N.F.Saydalixo‘jaeva,
2. Maxkamova M.Yu.
3.Shodmonova Abira Shodievna,
4.Shukurullaeva Sadoqat Sodatullo qizi
5. Magdieva Zamira
6. Ismoilov Oybek
Bugungi kunda Guliston DU, dos. Turdiboev D., dos. G‘aibnazarov O.,
Andijon DU, prof. Axlimirzav A., dos G‘. Toxirov Chirchiq DU dos Xurramov A., Samarqan DU Qodirov M.Q., Mehnat bozori tadqiqotlari institutidan dos. Izetaeva G.K., Umarov A., Norbekov S. Va O‘zbekiston MU, prof. D.Yaqubovlar bilan sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
Ilmiy maktab faoliyati va natijadorligi
Ilmiy maktabda sщnggi yillarda “Pedagogik texnologiya Zamonaviy ilmiy-nazariy asosi”, “Pedagogik texnologiya – o‘zbek milliy modeli”, “Pedagogik texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbig‘i”, Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodikasi fani darslarining loyihasi, “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”, “Ta`lim texnologiyalari” darsliklari, “Ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil qilishda qo‘llaniladigan pedagogik usullar”, “Oliy ta’limning bakalavr bosqichidagi “O‘quv jarayonini loyihalash” turkumidagi fanlar o‘quv dasturi va adabiyotlarini yaratishning metodologik asosi” nomli metodik tavsiyanoma hamda “Matematik fanlarni modulli texnologiya asosida o‘qitishning nazariyasi va amaliyoti”, “Milliy pedagogik texnologiyaning ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbig‘i va uni yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni”, “Talabalar mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishning metodikasi va amaliyoti”, “Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv fanlarining modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti”, “O‘qituvchi faoliyatini loyihalash” nomli monografiyalari tayyorlangan.
Bular uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagoglar jamoasi, ilmiy tadqiqotchilar va tahsil olayotgan talabalar uchun zarur manba bo‘lib, pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga joriy etish masalasida barcha fanlar o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalarini ishlab chiqishda andoza hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha uslubiy yordam bo‘lib kelmoqda.
Ilmiy maktab tomonidan, kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan ta’lim sifatini Xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ta’lim jarayonlarini “Milliy malaka ramkalari” va Kasb standartlari asosida tashkil etish va Sinergetika, Eftagogika, Faoliyatshunoslik: texnologiya va loyihalash, odam, olam va koinot haqida hamda barkamol avlodni tarbiyalash va ta’lim jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib borish Ilmiy maktab jamoasi kun tartibida turibdi.