RENESSANS TAʼLIM UNIVERSITETI AXBOROT-RESURS MARKAZI

RENESSANS TAʼLIM UNIVERSITETI AXBOROT-RESURS MARKAZI

Renessans taʼlim universiteti Axborot-resrus markazi 2023-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Kutubxona fondida iqtisodiyot, turizm, filologiya va tillarni oʻqitish – ingliz tili, arab tili va fransuz tili, tarix, boshlangʻich taʼlim, maktabgacha taʼlim, pedagogika, psixologiya, sport faoliyati, axborot texnologiyalari, matematika va tabiiy fanlar yoʻnalishlariga oid barcha adabiyotlar mavjud.
 
Axborot-resurs  markazi oʻzbek, rus va chet tillarida 119431 bosma nashrdagi adabiyotlardan iborat kitob fondiga ega boʻlib, shundan, 65794 tasi badiiy adabiyotlar fondini tashkil etadi. Darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar soni 53530 tani tashkil etadi. Axborot-resurs markazi fondiga shu kunga qadar universitet professor-oʻqituvchilari muallifligi ostida chop etilgan 15 nomdagi 300 nusxadan iborat darslik va oʻquv qoʻllanmalar elektron shakli bilan birgalikda taqdim etilgan.
 
Hozirgi vaqtda universitetning  3 ta oʻquv binosida a, oʻquv zali, elektron resurslar telegram kanali, xizmat koʻrsatish boʻlimi hamda 220 oʻrinli oʻquv zallari mavjud. Kutubxona birinchi navbatda foydalanuvchilarni oʻquv, ilmiy, badiiy va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Axborot-resurs markazi universitet foydalanuvchilarining barcha toifalariga oʻzining sifatli xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
 
Oʻquv zallarida foydalanuvchilarga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlarning bosma va elektron versiyalaridan foydalanishlari mumkin.  
 
Axborot-resurs  markazi tomonidan yil davomila turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda.