60721500 – Geodeziya va geoinformatika taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan soʻng, quyidagi sohalarda faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi: yer kadastri, geodeziya, kartografiya, yer tuzish, geoinformatika, masofadan zondlash, muhandislik-geodeziya tadqiqotlari, shuningdek, davlat boshqaruvi va loyihalash tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida. Bitiruvchilar zamonaviy geoinformatsion tizimlar, fazoviy maʼlumotlar bazasi va sunʼiy yoʻldosh axborotlari asosida raqamli xaritalar tuzish, tahlil qilish, shuningdek, tabiiy resurslarni boshqarish va monitoring qilish bilan bogʻliq kompleks masalalarni hal qilish ko‘nikmalariga ega boʻladilar.