Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Renessans talim universiteti rektori kubogi” bo‘yicha voleybol musobaqasining final bosqichi bo‘lib otdi.
Ushbu musobaqa Renessans talim universiteti va Ozbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayev ochib berdi.
Professor o‘z so‘zida sportning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida to‘xtalib, shunday dedi:
“Bugun mamlakatimizda yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Biz ham bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishni, yoshlarimizning sog‘lom bo‘lib voyaga yetishiga hissa qoshishni maqsad qilganmiz”.
Shuningdek, Ozbekiston voleybol federatsiyasi raisining orinbosari Jamshid Fayziyev ham so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi va bu kabi musobaqalar yoshlar orasida sog‘lom raqobatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini takidladi.
Musobaqada Toshkentning barcha tumanlaridan 50 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi.
Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Renessans ta’lim universitetining rasmiy sahifalarini kuzatib boring.