Joriy yilning 11-13 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida “Universiada-2024” doirasida kurash bo‘yicha Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu nufuzli musobaqada universitetimizning 2-bosqich talabasi Muslimaxon Ahmedova 63 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Bu g‘alaba – uning mashaqqatli mehnati va universitetimizda sportni rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlarning yorqin natijasidir.
Muslimaxon Ahmedovani ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham yanada yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz!