“Universiada – 2024” sport musobaqalarining badminton bo‘yicha final bahslari yakuniga yetdi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 120 nafar talabalar yakkalik, juftlik va aralash yo‘nalishlarda g‘oliblik uchun bellashdilar.
Quvonarlisi, Renessans ta’lim universitetining 2-bosqich talabasi Mohirabonu Eshchanova final bosqichida ajoyib o‘yin namoyish etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali tarzda taqdirlandi.
Mohirabonuni yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!