U ushu anjuman tashkiliy jihatdan yuqori darajada tashkil etilganini alohida e’tirof etdi. Professor Yuksel konferensiyaning mavzusi, unda muhokama qilinayotgan dolzarb ilmiy masalalar va turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan yosh olimlar o‘rtasidagi samarali fikr almashuvini yuksak baholadi.
Shuningdek, u Renessans ta’lim universiteti bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fan sohasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari borasida o‘zining iliq fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, bunday konferensiyalar nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki yoshlar masalalarini chuqur o‘rganishga ham zamin yaratadi.