2025-yil 18-yanvar kuni Renessans taʼlim universitetida yoshlar uchun profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbirda Shayhontohur tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Shavkat Matanov va leytenant Nusratjon Ziyoratov ishtirok etdi.
Universitet rektori, professor N.Barakayev soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning koʻpayib borayotganini taʼkidlab, bunday muammolarning oldini olish muhim ekaniga urgʻu berdi.
Podpolkovnik Shavkat Matanov esa giyohvandlik, huqubuzarlik va jinoyatchilikka qarshi amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berib, ularning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish berdi.
Shundan soʻng, universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori A.Eshmurodov talabalarni ularga taqdim etilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlardan unumli foydalanishga, ilm va izlanishga eʼtibor qaratishga chaqirdi.
Suhbat davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassislardan maslahat oldi.
Profilaktik suhbat yoshlar huquqiy savodxonligini oshirish va ularni xavfsiz muhitda voyaga yetkazishga qaratilgan muhim qadamlardan biri boʻldi.