Renessans ta’lim universitetida “Pedagogik taʼlimning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Konferensiyani Renessans taʼlim universiteti maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori Vaxobov Maʼrufjon Malikovich tantanali ochib berdi.
Tadbirda mamlakatimizning yеtakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.