Joriy yilning 19-22 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Ufa shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, unda Renessans ta’lim universitetining 3 nafar talabasi — Haydarali Ahadjonov 68 kg vazn toifasida, Nodir Ergashaliyev 82 kg vazn toifasida hamda Asadbek Haydarov 57 kg vazn toifasida gilamga chiqib, kattalar o‘rtasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Renessans ta’lim universiteti jamoasi ushbu talabalarimizni g‘alaba bilan qutlaydi, kelgusi o‘qish va ishlarida omad tilaydi.