Ayni paytda Renessans ta’lim universitetida Xitoyning yetakchi tashkilotlari bilan qo‘shma talim dasturlarini amalga oshirish, talabalarning o‘zaro tajriba almashishlari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda Xitoyning Hangzhou Wolin Axborot Texnologiyalari Kompaniyasi direktori Zhu Jinhua hamda Zhejiang Yuexiu Xorijiy tillar instituti Axborot Fakulteti dekani Wu Yueqi ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida Zhejiang Pochta va Telekommunikatsiya Kasb-Hunar Kolleji va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik yuzasidan muzokara olib borilmoqda.