Renessans ta’lim universitetida “Talabalar o‘rtasida suitsidal holatlarni oldini olish, suitsidal xulq-atvor diagnostikasi va psixokorreksiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida “Talabalar o‘rtasida suitsidal holatlarni oldini olish, suitsidal xulq-atvor diagnostikasi va psixokorreksiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akbar Eshmurodov ochib berdi. 
Davra suhbatining asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida ruhiy salomatlikni mustahkamlash, psixologik muammolarni erta aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha samarali yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, suhbatda psixologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘ayrat Baxramovich Shoumarov ham ishtirok etdi. 
U o‘z ma’ruzasida bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan psixologik muammolar, ularning sabablari, shuningdek, suitsidal xulq-atvorni erta aniqlash metodlari haqida atroflicha to‘xtaldi. 
 
Mazkur tadbir universitetda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy va ruhiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.