Renessans ta’lim universitetida o‘tkazilgan “Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-siyosiy barqarorligini taʻminlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning oʻrni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida taniqli olimlarning fikri

“Renessans ta’lim universitetida ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy anjumanning o‘tayotgani, unda mamlakatimizdagi mashhur olimlar va mutaxassislarning ishtirok etayotgani, aytish mumkinki, ushbu muammoni hal qilish yo‘lidagi dastlabki qadamlardan, yangi ilmiy yechimlarning yuzaga kelganidan dalolat beradi”, – davlat va jamoat arbobi, siyosiy fanlar doktori Joʻrayev Narzulla Qosimovich. 
“Konferensiyada ijtimoiy fanlarni o‘qitish, ayniqsa, yoshlarni mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga nisbatan fidoyi, vatanparvar shaxs sifatida kamol toptirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni shakllantirish dolzarb ilmiy ahamiyat kasb etdi. Konferensiya nihoyatda bahslarga, munozaralarga, turli taklif va fikrlarga boy bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”, – Renessans taʼlim universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Alimardonov Toʻlqin Turdiyevich.