Renessans ta’lim universitetida “Oliy ta’lim muassasasi faoliyatida zamonaviy yondashuvlar” o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig'i, yuridik fanlari doktori Voxidjon Topildiyev ishtirok etdi.
Trening “Oliy ta’limning normativ huquqiy asoslari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda ta’lim tizimidagi yangi o‘zgarishlar, qonunchilik me’yorlari va ularning amaliyotdagi ahamiyati chuqur muhokama qilindi. Ma’ruzachi o‘z chiqishida oliy ta’lim muassasalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash, xalqaro tajribani qo‘llash va ta’lim jarayonini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Bu tadbirlar ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi va zamonaviy pedagogik usullarni chuqur o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, mutaxassislarning tajriba almashishida muhim o‘rin tutadi.
O‘quv treninglar davom etmoqda.