Unda universitet pedagog jamoasi, talaba-yoshlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Shohruh Nuraliyev olib bordi.
Ijodiy uchrashuvda mehmonlarning hayot yo‘llari, mutolaa madaniyati, kitobsevarlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Guljahon Mardonova shaxsiy ekspeditsiya tashkil etib, mamlakatimizdagi yuzlab qishloq va ovullarni kezib to‘plagan xalqimizning o‘lmas boyligi bo‘lgan folklor namunalari haqida so‘zlab, ulardan parchalar o‘qidi. Xususan, G.Mardanova va “Jadid” gazetasi tahririyati universitet kutubxonasi uchun bir qator kitoblarni sovg‘a sifatida topshirdi. Shundan so‘ng, jurnalist va shoir Fozil Farhod tomonidan o‘qilgan she’rlar davraga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ishtirokchilar mehmonlar bilan bugungi adabiy muhit haqida muloqotda bo‘ldi.
Mazkur loyiha yoshlarni kitobga jalb etish, ularning mutolaa madaniyati va savodxonligini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.