Renessans taʼlim universitetida xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash maqsadida AQSh va Xitoyning nufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Duke Kunshan universiteti (Xitoy/AQSh) professori, doktor James Miller hamda Charleston kolleji (AQSh) professori, doktor Elijah Sigler ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar akademik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Jumladan:
✅ Talabalar almashinuvi dasturlari – Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun xorijiy universitetlarda tahsil olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini yaratish;
✅ Professor-o‘qituvchilar malaka oshirish va tajriba almashinuvi – xorijiy mutaxassislarning Renessans taʼlim universitetida ma’ruza o‘qishi, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilarining hamkor OTMlarda malaka oshirishi;
✅ Ilmiy hamkorlik – zamonaviy gumanitar fanlar, texnologiyalar va ijtimoiy sohalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalar va grant dasturlarini amalga oshirish.
Uchrashuv natijalari kelgusida ikki tomonlama manfaatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ilm-fan, taʼlim va madaniy almashinuvni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.