Renessans ta’lim universitetida akademik Komiljon Tojibayev bilan ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida akademik Komiljon Tojibayev bilan ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida “Yuksak o‘simliklar xilma-xilligi: global va mintaqaviy darajada o‘rganilishi” mavzusida ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy mehmoni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Botanika instituti direktori Komiljon Tojibayev bo‘ldi.
Akademik yuksak o‘simliklarning global va mintaqaviy darajadagi ahamiyati, ularning ekotizimdagi o‘rni hamda hozirgi vaqtda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida fikr bildirdi. U tabiatni muhofaza qilish va o‘simlik dunyosining genetik xilma-xilligini saqlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar akademikka o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Suhbat jarayonida O‘zbekistonda botanik tadqiqotlarning rivoji, yangi o‘simlik turlarini o‘rganish va saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham muhokamalar olib borildi.
Bunday ilmiy uchrashuvlar talabalarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni tabiatni chuqurroq o‘rganishga undash va o‘z kasbiy faoliyatida ilmiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Renessans ta’lim universiteti kelgusida ham turli sohalardagi yetakchi akademik va olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirgan bo‘lib, bu orqali talabalar va professor-o‘qituvchilarni eng dolzarb ilmiy masalalar bilan tanishtirishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.