Xanchjou Volin Axborot Texnologiyalari Kompaniyasi direktori Zhu Jinhua Renessans taʼlim universiteti bilan keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yilayotganidan mamnunligini bildirdi.
U, xususan, xitoy tilini zamonaviy usulda o‘qitish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda ikki tomonlama tajriba almashish orqali amaliy natijalarga erishish rejalashtirilayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, tomonlar ushbu hamkorlik kelgusida katta yutuqlarga zamin yaratishiga ishonch bildirdi.