Ko‘rgazma joriy yilning 11-12-aprel kunlari Samarqand shahrida “SOF EXPO SAMARKAND” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Renessans ta’lim universiteti ham ushbu ko‘rgazmada ishtirok etdi.
Unda iqtidorli va iste’dodli talabalarga chet elda o‘qish, stipendiya yoki ta’lim grantlarini olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy vakillar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va malakali mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.