Xabaringiz bor, O‘zbekistonda “Jump Rope” federatsiyasi tashkil etildi. Renessans ta’lim universiteti birinchilardan bo‘lib federatsiyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishdi.
Hujjatni Renessans ta’lim universiteti rektori vazifasini bajaruvchi A.Eshmurodov hamda federatsiyasi vitse-prezidenti X.Xayrullayev imzoladi.
Uchrashuv davomida sportni yoshlar orasida ommalashtirish va talabalar salomatligini mustahkamlash borasida qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, “jump rope”, ya’ni arqon bilan sakrash sport turi 2021-yildan beri xalqaro maydonda rivojlanayotgan yangi sport turi hisoblanadi.