Renessans ta’lim universiteti talabalari koreys tili bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan TOPIK (Test of Proficiency in Korean) imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘ldi.
Mazkur yutuq talabalarimizning koreys tilini chuqur o‘zlashtirish yo‘lidagi tinimsiz mehnati, intilishining amaliy natijasidir. TOPIK sertifikati xalqaro darajadagi ishonch va malakani tasdiqlovchi muhim hujjat hisoblanadi.
Universitetimiz jamoasi ushbu muvaffaqiyatdan faxrlanadi hamda talabalarga kelgusida ulkan muvaffaqiyat tilaydi.