Talabalar 7–16 noyabr kunlari Xitoyning Shinjiang universitetida o‘tkaziladigan turli tadbirlar, seminarlar va mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Dastur davomida ular Xitoy madaniyati, urf-odatlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishiladi.Mazkur dastur Renessans ta’lim universiteti va Shinjiang universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu madaniy almashinuv dasturida O‘zbekiston va Qozog‘istonlik talabalar qatnashmoqda.