Renessans ta’lim universiteti talabalari qatag‘on qurbonlarini xotirladi

Renessans ta’lim universiteti talabalari qatag‘on qurbonlarini xotirladi

Bir guruh talabalarimiz Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on yillarida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shuningdek, talabalar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ham sayohat uyushtirib, o‘tmish sahifalarini chuqur anglash, milliy xotirani asrash va tarixdan saboq olish imkoniga ega bo‘ldi.
Ushbu tadbir talabalar qalbida yurtga muhabbat, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Bunday amaliy-ma’naviy tashriflar yoshlarda tarixiy xotiraga hurmat bilan qarash, milliy qadriyatlarni asrash kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ular yosh avlod qalbida tarixiy xotirani asrash, mustaqillikning qadriga yetish va milliy o‘zlikni anglashga xizmat qiladi.