Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning universitet bosqichiga start beriladi 

Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning universitet bosqichiga start beriladi 

Fakultetlararo universitet bosqichi ertaga, 5-noyabr kuni, soat 14:00 da Shayxontohur sport maktabida boshlanadi.
 
Mazkur olimpiada doirasida talabalar o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennis, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari bo‘yicha to‘rt bosqichda musobaqa o‘tkaziladi.
🔽Ma’lumot o‘rnida, “Besh tashabbus olimpiadasi” 4 bosqichda tashkil etiladi:
 
✔️Guruhlararo fakultet bosqichi
✔️Fakultetlararo universitet bosqichi
✔️Universitetlararo hududiy bosqich
✔️Respublika final bosqichi
 
G‘oliblar esa universitet bosqichida munosib taqdirlanadi.
 
Barcha sportga qiziquvchi talaba-yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”da faol ishtirok etishga taklif qilamiz.