Top-300 talik ro‘yxatga kiruvchi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari – University of Reading, University of Bath, Bangor University, Cardiff University hamda University of Sussex vakillari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada ishtirok etishdan maqsad Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Ko‘rgazma doirasida rektor Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashib, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik bo‘yicha suhbatlashdi.
Shuningdek, EduFair-2025 ko‘rgazmasi davomida Buyuk Britaniyada tahsil olishni istagan yoshlar uchun turli universitetlar vakillari bilan bevosita muloqot qilish, grant dasturlari va qabul jarayonlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.