Renessans ta’lim universiteti badminton jamoasi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Renessans ta’lim universiteti badminton jamoasi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab talabalar o‘rtasida uch bosqichli sport musobaqalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. 
Shunga ko'ra “Talabalar ligasi” sport musobaqalari tashkil etildi. Jumladan, Universitetimizning badminton jamoasi Toshkent shahar bosqichida barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba ularga Respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini berdi.
Ma’lumot uchun musobaqalar:
✅ 1-bosqich – Oliy ta’lim muassasalari doirasida;
✅ 2-bosqich – Hududiy saralash bosqichi;
✅ 3-bosqich – Respublika final bosqichi tartibida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqalarning asosiy maqsadi talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularning professional mahoratini oshirishdir.
 
Final bosqichida jamoamizga omad tilaymiz! Siz bilan faxrlanamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz!