Renessans ta’lim universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tilim – o‘zligim tilim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova ishtirok etdi. U o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi o‘rni, xalqimizning ma’naviy dunyosi va madaniyatini ifoda etishdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etib, o‘zbek tili bayramining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, tilimizning jahon miqyosidagi nufuzi ortib borayotgani, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida ona tilimizga mehr va ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamlab, ularni milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, til madaniyatini yuksaltirish yo‘lida faol bo‘lishga undadi.