Oliy taʼlimda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘quv treninglar davom etmoqda

Oliy taʼlimda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘quv treninglar davom etmoqda

Renessans ta’lim universitetida oliy ta’lim jarayonlarini zamonaviy usullarda tashkil etish bo‘yicha navbatdagi o‘quv trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tajribali mutaxassis, mahoratli murabbiy Ravshan Ishmuxamedov ishtirok etdi.
Trening “O‘quv mashg‘ulotlarini interaktiv ta’lim asosida tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlanib, unda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv ta’lim usullari va ularning samaradorligi muhokama qilindi. Ma’ruzachi bunday yondashuvlarning amaliy ahamiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni haqida atroflicha tushuncha berdi.
Amaliy munozara shaklida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday treninglar oliy ta’lim tizimini innovatsion yondashuvlar bilan boyitish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda talabalar bilimini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.